

Afsonaviy sobiq futbolchi Zinedin Zidan murabbiylikni sog'inib qolganini ma'lum qildi. U tez orada futbolga qaytadi.
"Men yana futbolchilarni mashq qildirishni istamoqdaman. Hozir bo'sh vaqtim bor, ammo bu qancha davom etishini bilmayman.
Menimcha, iyun oyigfa qadar bo'sh vaqtim bo'ladi. Vaziyat tezda o'zgarib ketishi mumkin", -deydi Zinedin Zidan.
Ma'lumot uchun, Zidan 2021 yildan beri ishsiz qolmoqda. Matbuotda uni PSJ klubi murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod sifatida ko'rishmoqda.



