Zidan debyut qiladimi?

28 may 2016, 00:30
Bugun Yevropa chempionlar ligasining 2015/2016 mavsumi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.


Italiyaning Milan shahridagi "San Siro" stadionida bosh sovrin uchun Madridning ikki jamoasi "Real" hamda "Atletiko" kurash olib boradi.

Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" o'zining Yevropa chempionlar ligasining 11-g'alabasini nishonlaydimi yoki "Atletiko" o'z tarixida ilk bor bosh sovrinni uyiga olib ketadimi?

Agarda bu o'yinda "Real"ning qo'li baland keladigan bo'lsa, unda Zinedin Zidan Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan ilk fransiyalik mutaxassis bo'ladi. Hozirga qadar biror marta fransiyalik murabbiy Yevropa chempionlar ligasida g'olib bo'lishga muvaffaq bo'lmagan.


Yevropa chempionlar ligasida g'olib bo'lgan murabbiylar mamlakatlari:

1. Italiya - 11
2. Ispaniya - 9
3. Angliya - 7
3. Germaniya - 7
4. Gollandiya - 5
5. Argentina - 4
5. Shotlandiya - 4
6. Ruminiya - 3
6. Portugaliya - 3
7. Vengriya - 2
7. Avstriya - 2
8. Yugoslaviya - 1
8. Belgiya - 1

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia