Zidan: Bizga g'alabalar ceriyasi kerak

21 yanv 2018, 23:25
“Real” bosh murabbiyi “Deportivo” ustidan qozonilgan yirik g'alaba (7-1)dan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Maydonda nima yuz bergan bo'lsa, hammasi yaxshi va ajoyib o'tdi. Jamoaga shunday g'alaba zarur edi. Himoyada jiddiy o'yin ko'rsatdik. Endi esa bizga g'alabalar seriyasi kerak. Bu klub uchun juda muhim. Nima o'zgardi? Natija. “Vilyarreal”ga qarshi ham yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo mag'lubiyatga uchradik. 4-3-3 sxemasi? Ko'ramiz, bu jamoa o'yinida qanday aks etarkan”, - deydi Zinedin.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS