Zidan: "Benzemani tanqid qilayotganlarni tushunmayman, u Ronaldu kabi 60 ta gol urishi shart emas"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2015, 16:42
"Kastilya" ("Real"ning zaxira jamoasi) bosh murabbiyi Zinedin Zidanning hisoblashicha, "Qirollik klubi" hujumchisi Karim Benzema o'z vazifalarini to'liq bajarmoqda.

"Uni tanqid qilayotganlarni tushunmayman. Benzema Ronaldu kabi 60ta gol urishi kerak deb o'ylashsa kerak. Unga jamoadoshlari bilan kombinacion futbol o'ynash yoqadi. "Santyago Bernabeu"dagi muxlislar futbolni tushunadi, ammo futbolchilardan ko'prog'ini xohlayotgani sabab, bazida hushtakbozlik qilishadi. Bu futbolning bir qismi" - deydi Zidan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com