Joze Mourinyo: Vaziyatlar bo'lgandi, ammo gol urilmasa bu vaziyatlar hech nimani anglatmaydi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013, 08:57
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Evertondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz gol ura olmadik. Vaziyatlar bo'lgandi, ammo gol urilmasa bu vaziyatlar hech nimani anglatmaydi. Biroq agar vaziyat yaratmasdan turib gol ura olsang uch ochkoga ega bo'lasan – barchasi oddiy. Bugun shogirdlarimga “jallod instinkti” yetishmadi.

Bu instinkt barcha futbolchilarimizda bor, klubga yangi kelgan Samyuel Eto’O butun faoliyati davomida jallod bo'lgan. Bugungi o'yindagi uning bazi harakatlaridan qoniqmadim, yaqin orada jamoaga qo'shilib ketishiga umid qilaman. 

Bugun biz g'alabaga yaqin turib yuta olmadik, demak bir kun g'alabaga loyiq bo'lmagan holda uch ochkoga ega bo'lamiz, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru