Joze Mourinyo: “Oldinda bizni mavsumdagi eng qiyin o'yinlardan biri kutib turibdi”

Tolibjon Qosimov
1 noya 2013, 16:51
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo, premer-liga doirasida “Nyukasl”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirib o'tdi.

“Sent-Djeyms Park”da bizni mavsumdagi eng qiyin o'yinlardan biri kutib turibdi. Biroq biz g'alabali seriyamizni davom ettirmoqchimiz.

Hozirda biror bir futbolchini zaxira o'rindig'iga qoldirishdan yoki uyida qolishga ruxsat berishdan foyda yo'q, - barcha o'ynashga haqli. Barcha o'yinchilarda jamoaviy ruh shakllangan. Bu esa o'yinda eng asosiysi”. – deya ta'kidladi Mourinyo.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru