Joze Mourinyo: "Chelsi" uchun transfer bozori yakunlandi"

Aziz Tukhtamuradov
19 iyul 2014, 14:11
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning aytishicha, jamoasi transfer bozoridagi ishlarini tugatdi.
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning aytishicha, jamoasi transfer bozoridagi ishlarini yakunladi.

Klubimiz fantastik ishlarni amalga oshirganini aytib o'tmoqchiman. Biz jamoamizga foydasi tegadigan futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Boz ustiga 31 avgustda emas, 19 iyulgacha barchasini hal qilib qo'ydik. Men tarkibimizdan mamnunman, - dedi Joze.

Eslatib o'tamiz, Chelsiga Diego Kosta, Filipe Luis, Sesk Fabregas, Mario Pashalich kabi futbolchilar kelib qo'shilishdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru