Joze Mourinyo: Agar APLda g'olib chiqsak, mavsumni omadli deb aytish mumkin

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015, 09:31
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo YCHL 1/8 finalida PSJga qarshi bahsdan so'ng (2:2, birinchi o'yin 1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Shubhasiz, juda xafaman. Agar raqib kuchliroq o'ynasa, mag'lubiyatdan so'ng ular haqli g'alaba qozonishganini his qilasan.

Biz endi premer-ligada g'olib chiqishimiz kerak. Bugun yutgan taqdirimizda ham oldinda uzoq yo'l bor edi.

Bo'lib o'tgan holatni tahlil qilish va unga munosabat bildirish kerak.

Agar Angli liga kubogiga APLdagi g'oliblikni ham qo'sha olsak mavsumni omadli bo'ldi deb aytish mumkin.

Mag'lubiyat haqida o'ylash kerak emas. Oldinga qarash va keyingi o'yinlarga tayyorlanishimiz lozim, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru