Jennaro Gattuzo OFI bosh murabbiyiligidan ketdi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2014, 08:39
Italiyalik murabbiy Jennaro Gattuzo Gretsiyaning OFI klubidan ketdi.
Yakshanba kuni OFI milliy chempionat doirasida o'z maydonida "Asteras"ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

"Bu jamoaga borimni bergandim. Ishlashda davom eta olmasligimdan juda afsusdaman", - deydi Gattuzo.

Moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan OFI 7ta o'yinda uchta g'alaba bilan 11-o'rinda bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net