JCH-2018 logotipi 28 oktyabrda taqdim etiladi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2014, 17:00
"Rossiya-2018" tashkiliy qo'mitasi shu yilning 28 oktyabr kuni 2018 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining rasmiy logotipini taqdim etadi.

"Logotip - bu turnir yuzi. Jahon chempionatini o'tkazish huquqini olganimizdan so'ng millionlar rus kishilarining orzusi amalga oshdi. Biz bu logotipda rus xalqining boy merosini aks ettiramiz.

Butun jahondagi muxlislar JCH-2018ning logotipini yoqtirib qolishiga ishonaman" - deydi Rossiya sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com