JCH-2014. Finalda kim yutadi? "Mashal" futbolchilaridan fikrlar

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2014, 13:41
JCH-2014 finalidan oldin "Mashal" klubi futbolchilarining fikrlari bilan qiziqdik.
Muydin Mamazulumov (hujumchi): Bugun Argentina kichik hisobda g'alaba qozonadi. O'yin qo'shimcha daqiqalargacha bormaydi.

Botir Nosirov (darvozabon): Chempionat avvalida ham aytgan edi va hamon shu fikrdaman. Germaniya chempion bo'ladi.

Sanjar Quvvatov (darvozabon): Bugun kuchli chempionat vakillari Germaniya yirik hisobda g'alaba qozonadi.

Zohir Qo'ziboev (hujumchi): Messining dubli evaziga Argentina g'alaba qozonadi.

Mirzohid G'ofurov (himoyachi): Bugun qo'shimcha bo'limlarda Argentina g'alaba qozonadi.

G'iyos Komilov (himoyachi): Messi va Argentinaga muxlislik qilaman. Kichik hisobda Argentina yutsa kerak.

Sherzod Fayziev (himoyachi): Germaniya kuchli va ular qiyinchiliksiz g'alabaga erishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia