JCH-2014 chiptalari uchun bir kunda 2,3 million ariza kelib tushdi

Tolibjon Qosimov
22 avg 2013, 15:12
FIFA kecha 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati chiptalariga arizalar qabul qilishni boshlagandi.
Tashkilot rasmiy saytining xabariga ko'ra, 24 soat ichida 2,3 millionta ariza kelib tushgan. Eng ko'p qiziqish ochilish o'yini va final uchrashuviga bo'lmoqda. Chiptalar uchun 10 oktyabr kuniga qadar ariza qoldirish mumkin, shundan so'ng da'vogarlar o'rtasida lotoreya o'tkazilib baxtlilar chipta sohibiga aylanadilar.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru