“Zenit” bir kishi kam o'ynab, safarda “Rubin”ni mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
14 avg 2018, 00:19
Rossiya Premer-ligasining 3-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Turning markaziy o'yinida Qozonning “Rubin” jamoasi Sankt-Peterburgning “Zenit” klubini qabul qildi. Piterliklar bir kishi kam bo'lib qolganliklariga qaramay, yakunda g'alaba qozonishdi. 

O'yinning 71-daqiqasida Rossiya terma jamoasi futbolchisi Daler Kuzyaev ikkinchi sariq kartochka evaziga maydonni tark etdi. Chetlatishdan 7 daqiqa o'tib esa Eroxin “Zenit”ga uch ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Uchta o'yinda 9 ochko jamg'argan “Zenit” turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib odi. 

Rossiya chempionati. 3-tur

Rubin – Zenit 0:1 (0:0)

13 avgust, 22.00. “Kazan-Arena”

Gol: 0:1 – 78 Eroxin.

Rubin – Janaev, Chiko, Navas, Sorokin, Kambolov, Mogilevec, Bayramyan, Konovalov, Kudryashov (Ustinov, 45), Buxarov (Shekari, 46), Azmun.

Zenit – Lunev, Mevlya, Ivanovich, Smolnikov, Nabiullin, Kuzyaev, Noboa, Shatov (Eroxin, 46), Paredes, Mak (Anyukov, 86), Dzyuba (Zabolotniy, 83).

Ogohlantirishlar: Kudryashov (43), Mevlya (54), Kuzyaev (64), Konovalov (73).

Chetlatish: Kuzyaev (71, ikkinchi sariq).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif