Ze Roberto: "Neymar fikrlarini o'zgartirmasa, xatto 30 yoshgacha ham o'ynay olmaydi"

2 iyul 2019, 19:54
Braziliya termasining sobiq yarim himoyachisi Ze Roberto PSJ forvardi Neymarning kelajagi borasida to'xtalib o'tdi.

- Neymar boshidan hammasini o'zgartirishi kerak. Bu ishlar uning miyasida. Jarohatlar unga yordam bermaydi, aksincha. Lekin, u bor e'tiborini futbolga qaratayotgani yo'q. U fikrlarini o'zgartirmasa, xatto 30 yoshgacha ham o'ynay olmaydi.

- U "Barselona"ga qaytishni xohlamoqdami?

- Neymarning qaytish niyati borligi haqiqat. Lekin, "Barselona" ham bu transfer amalga oshishini istayotganiga ishonchim komil emas.

- Uni Messi yoki Ronalduga solishtirish mumkinmi?

- Pul va nafs har doim futbolda bo'lib kelgan. Krishtianu va Lionel esa umuman boshqa narsalarga e'tibor berib yashaydi, - deydi Ze Roberto.

O'xshash yangiliklar


Manba: sueddeutsche.de