Braziliya termasining sobiq a'zosi: "Neymar o'zini qayta kashf etishi uchun uni jazolash kerak"

Eldor Akmurzayev
7 may 2019, 22:40
Braziliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Ze Roberto PSJda faoliyat olib borayotgan hamyurti Neymarni haqida fikr bildirdi.

Amerika Kubogi musobaqasidan oldin unga chaqiruv berilmasa noto'g'ri ish bo'ladi. Sababi, Neymar termaning eng yaxshi a'zosi. Hozir uni jazolashning eng yaxshi yo'li bu Neymarni sardorlik bog'ichidan mahrum etishdir. Neymar o'zi bilan gaplashib, xatolarini tushunib yetish vaqti keldi. U o'zini qayta kashf etishi, kelajakdagi rejalarini o'ylab ko'rishi kerak. Shuningdek, u yana biz istagandek futbolchi bo'lishi zarur, – deya qayd etgan 44 yoshli Ze Roberto.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS