Zanolo "Galatasaroy"dagi ilk o'yinidayoq gol urdi

Alisher Ostonov
12 mar 2023, 22:16
Italiyalik yarim himoyachi Nikolo Zanolo "Galatasaroy" safidagi ilk o'yinidayoq gol urdi.

Xavbek Turkiya chempionati 25-tur doirasidagi "Kasimpasha"ga qarshi o'yinda to'p kiritdi.

Zanolo 46-daqiqada maydonga tushdi, 11 daqiqa o'tib esa hisobni ochdi.

Zanolo joriy mavsum "Roma" safida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia