Zair-Emri PSJda rekord qo'ydi

Eldor Akmurzayev
7 avg 2022
Fransiya chempionati ilk turida PSJ 5:0 hisobida “Klermon”ni tor-mor etdi.

82-daqiqada parijliklar ustozi Kristof Galte Marko Veratti o'rniga zaxiradan Varren Zair-Emrini maydonga tushirdi. Bu francuz uchun debyut bo'ldi va Zair-Emri PSJ safida o'ynagan eng yosh futbolchiga aylandi – 16 yosh, 151 kunlik.

Eslatib o'tamiz, mazkur futbolchi yarim himoyachi sifatida o'ynaydi va joriy yil 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatida g'olib bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta