“Yuventus”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi, “Barselona” rekordi yangilanmadi

Aslanov Jasurbek
7 may 2017, 03:02
Italiya A seriyasining 35-turida Turin derbisida “Yuventus” o'z maydonida “Torino” qarshiligini sindira olmadi -1:1.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Adam Lyayich hisobni ochgan bo'lsa, 92-daqiqada Gonsalo Iguain maydon egalarini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa “Yuventus”ning o'z maydonida 33 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'yildi. So'nggi marta turinliklar 2015 yilning sentyabrida o'z maydonlarida “Frozinone” (1:1) bilan durangga imzo chekishgan edi.

Yevropaning  top-5 ligasida bu boradagi rekord “Barselona”ga tegishli. Kataloniyaliklar 1958 yildan 1960 yilga qadar o'z maydonlarida qatorasiga 39 ta bahsda g'alaba qozonib, bu borada mutlaq rekord o'rnatishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru