"Yuventus" yarim himoyachisini noyabrdagi o'yinlarda Italiya termasiga yordam berolmaydi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023, 13:19
"Skuadra Adzurra"ni hal qiluvchi janglar kutmoqda.

Manuel Lokatelli Italiya terma jamoasi bilan tekshiruv vaqtida qovurg'a suyagi sinishi tashxisi qo'yildi, deb xabar bermoqda "Calciomercato". 

"Yuventus" xavbeki 11 noyabr kuni bo'lib o'tgan "Kalyari" bilan o'yinda jarohat olgandi. U Evro-2024 saralashining muhim o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Italiya termasining guruhdagi ishlari yaxshi emas, Angliya terma jamoasi allaqachon birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. "Skuadra Adzurra" Shimoliy Makedoniya (17 noyabr) va Ukraina (20 noyabr) bilan o'yin o'tkazadi. Italiyaliklar ukrainaliklardan 3 ochko ortda qolmoqda, ammo ularda 1 ta zaxira o'yini bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato