

Xabar berilishicha, UEFA Turin klubining ehtimoliy moliyaviy qonunbuzarligi bo'yicha o'zining mustaqil tergovini olib bormoqda. Avvalroq, "byankoneri" shu masala yuzasidan olib qo'yilgan A Seriyadagi 15 ochkoni qaytarishlariga erishgandi. Shunga qaramay, ish to'liq yopilmagan. Agarada ish cho'zilib, yakuniy qaror iyul oyigacha e'lon qilinmasa, turinliklar taqdirini feyr-pley bo'yicha UEFA komissiyasi hal qiladi.
Ayni damda "keksa sinora" Italiya chempionatida 59 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.



