"Yuventus" Xolandga ajoyib shartnoma taklif qilmoqda

Alisher
9 dek 2019, 14:26
"Yuventus" "Zalcburg" forvardi Erling Xolandni xarid qilmoqchi.

Turinliklar Mino Rayolaga aloqaga chiqishgan. "Yuventus" 19 yoshli futbolchiga bonuslardan tashqari yiliga 3 million evro maosh taklif qilishgan.

Xolandga "Yuventus"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Borussiya" (Dortmund), "RB Leyptsig" va "Napoli" klublari qiziqmoqda.

Oldinroq, Dortmundning "Borussiya" klubi Xolandni 20 million evro evaziga xarid qilishi mumkinligi to'g'risida xabarlar yangragan edi.

Futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport