"Yuventus" va "Roma" Italiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurash olib boradi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 17:53
A Seriyaning ikki grandi "Sassuolo" yarim himoyachisi Davide Fratteziga da'vogarlik qilmoqda.

23 yoshli futbolchiga qiziqish anchadan beri mavjud edi, biroq o'tgan mavsumda yarim himoyachi "Sassuolo" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan, bu esa transfer bozoridagi uning shaxsi atrofidagi shovqinni biroz yumshatgandi. 

Xabarga ko'ra, "Yuventus" endi Frattezi uchun taxminan 30 million evro taklif qilishga tayyor, "Roma" ham Italiya terma jamoasining yangi debyutantiga davo qilmoqda. 

Davide Frattezi joriy mavsum "Sassuolo" safida 13 ta o'yinda 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato