"Yuventus" turkiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
8 iyul 2022, 11:47
"Bavariya" sobiq yarim himoyachisi Kenan Yildiz "Yuventus"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Turin klubi 17 yoshli turk bilan shartnoma imzolaydi.

Qayd etish kerakki, yarim himoyachiga shuningdek "Barselona" qiziqish bildirgan.

Yildiz o'tgan mavsum "Bavariya"ning U17 va U19 jamoalarida o'ynagan. U Myunxen klubini erkin agent maqomida tark etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano