"Yuventus" Torresni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
16 noya 2019, 18:44
"Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Italiya klubi skautlari "Valensiya" va Ispaniya yoshlar terma jamoasining o'yinlarida yosh vingerning harakatlarini kuzatgan.

Torresning tovon puli 100 million evroni tashkil etadi, ammo u klub bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan.

19 yoshli o'yinchi joriy mavsum "ko'rshapalaklar" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishgan.

Ferran Torres Ispaniyaning U-17 va U-19 jamoalari tarkibida Yevropa chempioni bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal