"Yuventus" Ronalduning liboslarini har daqiqada bittadan sotmoqda

Mirjalol Normatov
12 iyul 2018, 11:50
"Yuventus" Ronalduning transferini e'lon qilganidan keyin, uning liboslari sotilishi tezligi oshib ketdi.

Ronalduning familiyasi tushirilgan liboslar o'rtacha hisoblaganda bir daqiqada bittadan sotilmoqda. Libosning narxi 100 evroni tashkil qiladi. Klubdagilar hali millionlab liboslar ishlab chiqarishga tayyor turibdi.

Ronaldu "Yuventus" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia