"Yuventus" Ronalduga yoqadigan 3ta transfer tayyorlamoqda

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019, 15:54
"Yuventus" rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronalduga yoqadigan uchta transferni amalga oshirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" transfer ro'yxatining boshida "Real" yarim himoyachisi Isko turibdi.

Ispaniyalik xavbek Santyago Solari bilan til topisha olmadi, shu sababli u yozda "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkin. "Yuventus"ning ikkinchi transferi "Real"ning yana bir futbolchisi Marselo bo'lishi mumkin. Bir necha oy oldin Ronaldu klubdagilardan braziliyalik himoyachini sotib olishni so'ragan edi.

Bundan tashqari, Italiya jamoasi yarim himoyachi Xames Rodrigesni sotib olish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport