
Kelishuvga muvofiq, italiyaliklar "Osasuna" akademiyasidan yetishib chiqayotgan futbolchilarni birinchi navbatda olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'z o'rnida, "Yuventus"ning bir qancha futbolchilar ispan jamoasi safida ijara asosida to'p tepadilar.
Aytib o'tish lozimki, "Osasuna" Ispaniya chempionatida 16-o'rinni egallab turibdi va La Ligada qolishi xozircha yuz foiz aniq emas.
Ular ligada qolish vazifasini bajara olishganidan so'nggina ushbu kelishuv amalga oshishi mumkin.