"Yuventus" "Lokomotiv" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
9 noya 2019, 12:51
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi xavbeki Aleksey Miranchukga "Yuventus" qiziqmoqda.

Turin klubiga "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda "temiryo'lchilar"ning xavbeki katta taassurot qoldirdi.

Rossiyalik futbolchi "Yuventus"ga qarshi har ikki o'yinda ham turinliklar darvozasiga yo'l topa oldi.

Miranchukning Moskva klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

24 yoshli Miranchuk "Lokomotiv"ning asosiy jamoasida 2013 yildan beri o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato