"Yuventus" Iguain orqali o'z istagini qondirmoqchi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019
"Chelsi" himoyachisi Emerson Italiyaga qaytishi mumkin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, turinliklar braziliyalikning transferiga qiziqib qolishgan. Ular Gonsalo Iguainni "Chelsi"ga berish orqali, Emersonni o'z tarkibiga jalb etmoqchi.

Shu orqali "Yuventus" "Chelsi"dan 9 million evroni tashkil qiladigan Iguainning ijara pulini olmaydi. "Chelsi" futbolchini 6 oyga ijaraga oladi. Agarda uni sotib olmoqchi bo'lsa, klubga 36 million evro to'lashi kerak.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport