“Yuventus” hamda “Barselona” o'zaro futbolchi almashishga kelishib oldi va bu ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2020, 20:25
Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar yarim himoyachi Artur Melo “Yuve”ga o'tadi, o'z navbatida turinliklar “Barselona”ga Miralem Pyanich va 10 mln evro mablag'ni yuboradi.

Artur turinliklar bilan yiliga 5,2 mln evro maosh bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Pyanich esa “ko'kanorranglilar” bilan 4 yillik bitim tuzadi va mavsum uchun 7,5 mln evro ishlab topadi.

Klublar o'rtasidagi o'zaro almashuv ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24