"Yuventus" futbolchisi "Borussiya"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 okt 2020, 00:55
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettirishi mumkin.

"Sky Italia" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi turinliklarning rejasidan allaqachon chiqarib yuborilgan. Shu boisdan klub uni sotib yuborishni maqul ko'rmoqda. "Arilar" esa markaziy himoyachi uchun 30 mln evro to'lashga tayyor turibdi.

Shuningdek, "Lester" hamda "Milan" ham Demiralga da'vogarlik qilmoqda.

Ushbu mavsumda turkiyalik futbolchi A Seriyaning 1 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia