"Yuventus" Eriksenni sotib olish uchun bir futbolchisini qo'shib bermoqchi

12 okt 2019, 21:10
Turin klubi "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenga qiziqish bildirgan.

Bu haqda Le10Sport nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "Yuventus" transferga yozda kelib qo'shilgan Adrien Raboni qo'shib bermoqchi. Eriksenning "shporlar" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakunlanadi. Oldinroq, 27 yoshli daniyalik unga qiziqish bildirgan "Real" bilan shartnoma tuzishni istayotgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: le10sport.com