"Yuventus" direktori Bonuchchi va Dani Alves nega klubdan ketganini tushuntirib berdi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017, 14:26
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta himoyachilar Dani Alves va Leonardo Bonuchchi joriy mavsum oldidan nega klubni tark etishgani haqida aytib berdi.

"Dani Alves syurprizlarga to'la, uning klubdan ketish haqidagi so'zlari kutilmaganda aytildi. Avvaliga u "Manchester Siti"ga o'tmoqchi edi, keyin PSJ paydo bo'ldi. Urishib qolishimizga sal qoldi, chunki u professional kabi "Yuventus"ga hurmat bajo keltirishini istadim.

Bonuchchi "Milan"ga Massimiliano Allegri tufayli ketgani yo'q. Biz bunga tayyor edik, chunki suhbatlarimizdan birida, Bonuchchi norozi bo'layotganini aytdi" - deydi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Giornale