"Yuventus" de Ligtning o'rniga futbolchi topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2022, 22:48
Turinliklar niderlandiyalik xohlagan payt kyetib qolishiga tayyor turishibdi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri jamoasida Matteys de Ligtning o'rnini "Torino" a'zosi Gleyson Bremer egallashi mumkin.

Braziliyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri Milanning "Inter" klubi asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib kelayotgandi. "Neradzurri" hamon u bilan shartnoma imzolash niyatida, biroq "Torino"ning 40 million evro so'rayotgani kelishuvga to'sqinlik qilmoqda.

Agar de Ligt ketsa, "Yuventus" vaziyatdan unumli foydalanib, "Inter"dan braziliyalik futbolchini ilib ketadi. Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik himoyachi katta ehtimol bilan "keksa sinora" safidan ketadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport