“Yuventus” 9 kishi qolgan “Kevo”ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2018, 08:54
Italiya A Seriyasining 22-turida Turinning “Yuventus” klubi qiyin g'alabaga erishdi.

“Keksa Sinoralar” Veronada mahalliy “Kevo” jamoasi mehmoni bo'lib, 9 kishi qolgan mezbonlarni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Turinliklardan Sami Xedira va Gonsalo Iguain kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. 

“Yuventus”ning gollari aynan “Kevo” futbolchilari maydonda 9 kishi bo'lib qolganidan so'ng kiritildi. Basten va Kachchatore “Kevo”ni qiyin vaziyatda tashlab ketishdi. 

Kevo – Yuventus 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 67 Xedira, 0:2 – 88 Iguain.

Kevo – Sorrentino, Kachchatore, Bani, Daynelli, Tomovich (Gamberini, 53), Yaroshinski, Basten, Radovanovich, Xetemay, Puchcharelli (Depaoli, 46), Birsa (Mejorini, 79).

Yuventus – Shchensni, De Shilo, Benatiya, Bardzali, Asamoa (Lixtshtayner, 72), Xedira, Pyanich, Sturaro (Bernardeski, 52), Duglas Kosta, Iguain (Bentankur, 89), Manjukich.

Ogohlantirishlar: Asamoa (22), Iguain (32), Basten (35).

Chetlatishlar: Basten (37), Kachchatore (61).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif