“Yuve” Dembeleni ijaraga olmoqchi. Futbolchiga “Arsenal” va PSJ ham qiziqmoqda

25 may 2020, 22:44
“Barselona” yarim himoyachisi Usmon Dembele klubni tark etishga yaqin turibdi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchini bir yo'la uchta klub – “Yuventus”, “Arsenal” va PSJ o'z safiga chorlamoqda.

“Yuve” Dembeleni  Pyanichning  “Barsa”ga transferi borasidagi muzokaralarning bir qismi sifatida ijaraga olmoqchi. Italiyaliklar futbolchining harakatlarini kuzatishmoqchi. Agar u jarohat olmasdan, turinliklar safida o'zini ko'rsata olsa, “Yuve” keyinchalik uni butunlay sotib olishi mumkin.

Bundan tashqari futbolchiga PSJ va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda.  Ingliz klubi o'tgan mavsumda ham futbolchini tranfer qilishni istagandi. Ammo francuz futbolchisi bu haqda eshitishni ham istamagan, u o'zini “Barsa” safida ko'rsatishni xohlagandi. 

“Arsenal”da Dembelening sobiq jamoadoshi Obameyang to'p suradi. Ushbu ikki futbolchi o'z vaqtida Dortmundning “Borussiya”si safida o'ynashgan va bu ham Usmonning aynan “Arsenal”ni tanlashiga sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, Dembele bir necha bor London unga yoqishini aytib o'tgan.

Demebelening PSJga o'tishi ko'proq parijliklarning YCHLdagi ishtirokiga bog'liq. Francuz klubi safida Usmonning yaqin do'sti Kilian Mbappe to'p tepadi. Qolaversa, futbolchining Fransiyaga moslashishi ko'p vaqt talab etmaydi. 

Takidlanishicha, “Barselona” ustozi Kike Seten Usmon Dembeleni o'z jamoasida saqlab qolish niyatida .

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo