
Mazkur mashg'ulotni o'z odatimizga ko'ra foto maqola sifatida e'tiboringizga taqdim etamiz. 17:50da Mirjalol Qosimov boshchiligida MTJ vakillar "JAR" stadioniga kirib kelishdi. Hamkasbim Hasan Pirmuhamedov va Behzod Nazarov bilan birga MTJ vakillarini kutib olgan holda ularni suratga tushira boshladik. Biroz o'tib safimizni Kamoliddin Alimov to'ldirdi. MTJ formasini salobati yuqori ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik. O'z jamoalarida mana-man degan raqiblarga qarshi maydonga tushadigan, MTJga ilk marotaba jalb qilingan futbolchilarimiz orasida o'zlarini noqulay tutganlar ham bo'ldi. Qaddingizni uring, kelajak Sizlarniki yoshlar!
Agar oliy liga o'yinchilaridan kelib chiqib aytsak, kechagi tarkib mukammallik jihatdan ancha yaxshi edi. Kelajak uchun ular orasiga Ahmedov, Haydarov, Tursunov, Jeparov, Ismoilov, Nesterov, Nasimov, Tojiev, Denisov va Musaev kabi futbolchilarimizni qo'shib shakillantirib borsak niyatlarimizga erishishimiz oson bo'lardi.
Mashg'ulot boshlanishidan avval Mirjalol Qosimov 10 daqiqa davomida yangi kelganlar uchun MTJni yaqindan tanishtirdi. Shundan so'ng 4ta guruhga bo'linish lozimligi aytildi. Barcha o'z klubdoshi bilan guruh bo'layotgan payti, murabbiylaimiz MTJda guruhbozlik bo'lmasligi kerakligini takidladilab va guruhlarni teng taqsmladilar.
Avvaliga "devor" (stenka) mashg'uloti o'tkazildi. So'ng tennisbol o'ynaldi. Mag'lub bo'lgan futbolchilar esa g'alaba qozonganlarni mindirib yugurdilar.
Ignatiy Nesterov jarohat olganligi bois, MTJ tarkibida 4 nafar darvozabon ko'rikdan o'tyapti. Tabiiyki ular orasida asosiy tarkibga kirish uchun Aleksandr Lobanov va Eldor Suyunov kabi posbonlarning imkoniyatlari yuqori.Ertaga terma jamoamiz futbolchilari ikkiga bo'lingan holda kichik uchrashuv tashkil etadilar.
Foto maqola muallifi: Nodirxo'ja Yuldashev