Yurgen Klopp: Bavariya oldida shlyapamni echaman

Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2014, 08:52
Dortmundning Borussiya jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Bavariyaning muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo'lga kiritganligi haqidagi yangilikka o'z munosabatini bildirib o'tdi.

Myunxen jamoasi "Gerta"ni mag'lubiyatga uchratib finishga 7 tur qolganda g'alabani qo'lga kiritdi.

"Bu ajoyib. "Bavariya" jamoasi oldida shlyapamni echaman. Ular yuksak o'yin va g'alabaga bo'lgan iroda tufayli bunday natijaga erishishdi", - deydi Klopp.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru