

Jahon chempionati vaqtida Germaniya terma jamoasi AQSHning Shimoliy Karolina shtati, Uinston-Seylem shahrida joylashgan.
"Kecha biz ilon ko'rdik va uning zaharli ekanligini aytishdi. Agar sizni chaqib olsa, kasalxonaga murojaat qilish kerak ekan. Bu o'limga olib keladi deb o'ylamayman, lekin albatta, yoqimsiz holat – agar ilonni bosib olsangiz, bu yomon yakunlanishi mumkin. Shuning uchun biz hayvonlardan uzoqroq yurishga harakat qilyapmiz. Men mahalliy aholini hurmat qilaman. Menimcha, Germaniyada xavfli hayvonlar unchalik ko'p emas", – dedi Kimmix.
"Bild" ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya terma jamoasi bazasi yaqinida oddiy misrang (medyanka) ko'rilgan – ilonlarning bu turi Shimoliy Karolinada keng tarqalgan. Misrang chaqishi, odatda, o'limga olib kelmaydi, lekin jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko'rsatilishi shart.



