

O'yin haqida
- Avvalombor mavsum yakuni bilan barchani tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, mavsumning oxiri, barcha jamoalar charchagandi. Bugun 5-o'rin uchun kurash o'yini edi. Maydon egalarini durang ham qoniqtirardi. Biz o'yinni nazorat qilayotgandik. Ikkita standart bizning mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. "Qizilqum" jamoasini 5-o'rin bilan tabriklayman.
- "So'g'diyona" bu yil 3 ta frontda kurash olib bordi. Jamoa qanchalik muvaffaqiyatga erishdi deb hisoblaysiz?
- Jamoamiz 3 ta frontda kurash olib bordi. E'tibor bergan bo'lsangiz, bitta tarkib o'ynagandi. Biz shundan kelib chiqib yigitlarni o'yinga tayyorladik. Bugun jamoamiz a'zolari maydonda yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurash olib bordik.



