Yaqin vaqtlar ichida YCHL finali borasidagi qaror e'lon qilinadi

Mirjalol Normatov
9 may 2021
"The Telegraph" xabariga ko'ra, ayni damda UEFA rahbariyati Buyuk Britaniya prmer-ministri Boris Jonsonning YCHL finalini "Uembli" stadioniga ko'chirishi borasidagi taklifni ko'rib chiqmoqda.

Insayderlarning ma'lumotiga ko'ra, imkoniyatlar 50ga 50 baholanmoqda.

29 may kuni YCHL finalida "Manchester Siti" va "Chelsi" jamoalari Istanbulda to'qnashishlari kerak. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Turkiya qizil zonada bo'lib turibdi va shu boisdan Buyuk Britaniya ushbu davlat bilan aviaaloqalarni uzib qo'ygan.

Ammo turnir finalini ko'chirish ishlari juda ham kech boshlangani hamda bu orqali televizion huquqlarning buzilishi juda katta noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

UEFA 72 soat ichida bu boradagi yakuniy qarorni qabul qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph