Yaponiyalik futbolchi o'zining 50-tug'ilgan kunida 65 daqiqa to'p tepdi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2017, 15:49
"Yokogama" hujumchisi Kacuyosi Miura bugun 50 yoshga to'ldi.

Futbolchi o'zining tug'ilgan kunida "Macumoto"ga qarshi bahsda (1:0) asosiy tarkibda maydonga tushib, 65-daqiqa to'p tepdi va qarsaklar ostida maydonni tark etdi.

Miura faoliyatidagi 32 mavsumni o'tkazmoqda va u Yaponiya tarixidagi eng keksa professional futbolchi hisoblanadi. Miura faoliyatini 1986 yil Braziliyaning "Santos" klubida boshlagan. U Yevropada "Jenoa" va Zagrebning "Dinamo" klublari sharafini himoya qilgan.

Miura 2005 yilda, 38 yoshlida "Yokogama"ga o'tgan. U milliy jamoadagi 89 ta uchrashuvida 55 ta gol urgan va 17 yil avval Yaponiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports