Dunyoning eng qari futbolchisi 51 yoshga to'ldi

Tolibjon Qosimov
27 fev 2018
Yaponiyaning "Yokogama" jamoasi hujumchisi Kazuyoshi Miura bugun 51 yoshga to'ldi.

Forvard o'zining 33-mavsumiga tayyorlanmoqda. O'tgan mavsumda u Yaponiya chempionatida 12 o'yinda 1ta gol urishga erishdi.

Kazuyoshi 1986 yilda faoliyatini boshlagan. Faoliyati davomida "Santos", "Koritibu", "Palmeyras", "Jenoa", Zagrebning "Dinamo" kabi klublar tarkibida harakat qilgan. 2000 yilda milliy termada so'nggi uchrashuvini o'tkazgan.


Qizig'i, Kazuyoshi Yaponiya terma jamoasidagi faoliyati davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozasiga 4ta gol urgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia