50 yoshli yaponiyalik o'z jamoasiga g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2017, 18:45
"Yokogama" hujumchisi Kacuyosi Miura 50 yosh 14 kunligida gol urdi.

Forvard mamlakatning ikkinchi darajali chempionatida "Kusacu" darvozasini ishg'ol qildi va jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi (1:0).

26 fevral kuni 50 yoshga to'lgan Miura dunyodagi eng keksa futbolchi hisoblanadi.

Miura faoliyatini 1986 yil Braziliyaning "Santos" klubida boshlagan. U Yevropada "Jenoa" va Zagrebning "Dinamo" klublari sharafini himoya qilgan.

Miura 2005 yilda, 38 yoshlida "Yokogama"ga o'tgan. U milliy jamoadagi 89 ta uchrashuvida 55 ta gol urgan va 17 yil avval Yaponiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com