Yangier XXI asrda birinchi marta Oliy ligani qabul qilmoqda (FOTOGALEREYA)

2 apr 2015, 13:15
Ertaga Yangiyerda Oliy liganing 3-turi doirasida "So'g'diyona" - "Lokomotiv" o'yini bo'lib o'tadi.
Ushbu bahs Yangier uchun yangi asrdagi birinchi Oliy liga bahsi ekan. Bahodir Davlatovning aytib o'tishicha ushbu stadion so'nggi bor 1999 yilda Oliy liga o'yinini qabul qilgan. Ayni vaqtda stadion holati o'yin o'tkazishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" - "Lokomotiv" bahsi ertaga Yangiyerdagi markaziy o'yingohda 16:00 da start oladi. Bugun bo'lib o'tadigan yoshlar bahsi esa 15:00da Yangiyerdagi sun'iy maydonda bo'ladi. Uchrashuvga chiqarilgan biletlar narxi 3000 so'm etib belgilangan.

Stadiondan tayyorlangan fotogalereyani tomosha qiling.





























Manba: championat.asia