Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin uchun chiptalar sotuvga chiqdi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2015, 14:05
3 aprel kuni Farg'onadagi yangi "Istiqlol" stadionida O'zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bahs uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Chiptalar ikki xil toifada bo'lib 5000 va 7000 so'mdan sotilmoqda.

Aytish lozimki, stadion mamuriyati chiptalarni Farg'ona viloyati bo'ylab ko'chma sotuvni tashkil etgan.

Tumanlardagi ishqibozlar ham o'z hududlarida chipta sotib olishlari mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia