

Otabek Shukurov hamda Umar Eshmurodov respirator kasallik natijasida biroz betobligi sabab so'nggi mashg'ulotda ishtirok eta olmadi. Shifokorlar ikkala futbolchimiz bo'lajak o'yinga qadar tuzalib, safga qaytishini ma'lum qilmoqda.
Afsuski, Sherzod Nasrullaevning jarohatdan to'liq tiklanishi qiyin kechmoqda va u turnirda ishtirokini davom ettira olmaydi. Tibbiy shtab, murabbiylar, klubdagi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Nasrullaevning muolajalarni O'zbekistonda davom ettirishiga ruxsat berildi.
Jamoamizning barcha a'zolariga salomatlik tilaymiz!



