Xuan Mata: "Van Gal barchamizdan maydonda ingliz tilida so'zlashishimizni talab qilmoqda"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyul 2014, 11:58
"Manchester Yunayted" futbolchisi Xuan Mata jamoaning yangi bosh murabbiyi Lui van Galning uslublariga ko'nikish jarayonlari haqida aytib o'tdi.

"Biz maydonda faqat ingliz tilida muloqot qilamiz. Bu Lui van Galning qarori.

Ayni paytda yangi tizim asosida o'ynamoqdamiz. Bunga ko'nikish uchun qancha vaqt kerakligini bilmayman. Balki bir oy, balki ikki. Asosiysi qilayotgan ishimizga ishonish.

Shaxsan men uchun ikki hujumchi ortida o'ynash qulay", - deydi Mata.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru