Xuan Antonio Picci “Valensiya”ni boshqarishga yaqin turibdi

24 dek 2013, 10:55
“Valensiya”ning Janubiy Amerika bo'yicha yangi texnik kotibi Fabian Ayyala, “San-Lorenso” klubi bosh murabbiyi bilan muzokara olib borilayotganini aytib o'tdi.

“Kichik detallar bo'yicha kelishuvga erishsak bo'lgani. Biz qatiy qaror qildik va o'ylaymanki hamma yaxshi bo'ladi.

Rufete (“Valensiya” klubi bosh menejeri) bu lavozimga ishlay boshlaganida, men unga Piccini klubga olib kelishga yordam berishimni aytgan edim”, - deydi Ayyala.

Eslatib o'tamiz, Miroslav Jukich klubdan ketganidan so'ng, uning o'rniga murabbiylik uchun yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Niko Esteves vaqtinchilik ish bajaruvchi etib tayinlangan edi.


Manba: sports.ru