Xosep Gvardiola: Shanba kuni sovrinni qo'lga kiritishimizga umid qilaman

Narzulla Saydullayev
18 dek 2013, 08:29
Bavariya ustozi Xosep Gvardiola klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finali doirasidagi Guanchjouga qarshi o'yindan so'ng (3:0) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Jamoani tabriklayman, ular finalga munosib edilar. Biz juda tezkor qanot hujumchilariga ega bo'lgan jamoaga qarshi yaxshi o'ynadik. To'pni o'zimizda saqlab turib ko'plab vaziyatlar yarata oldik.

Biroq bu oddiy o'yin emasdi. Klub va futbolchilar uchun xursandman. Umid qilamanki, shanba kuni sovrinni qo'lga kiritamiz, – deydi Gvardiola.

Finalda Bavariya ikkinchi yarim final g'olibiga qarshi o'ynaydi. Bu yarim final bugun tunda Radja Kasablanka (Marokash) va Atletiko Mineyro (Braziliya) o'rtasida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru